11:00 / 01.08.2019
49916

YPXdan qochgan Damas haydovchisiga jazo tayinlandi

Toshkent ko‘chalarida YPX xodimidan qochib, qoidalarni buzgan Damas haydovchisiga ma'muriy jazo tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qoidabuzar 30 yoshli Sanjar K. ekani, u mashinani tegishli hujjatlarsiz boshqargani aniqlangan.

30 iyul kuni Olmazor tumani ma'muriy ishlar bo‘yicha sudi ushbu ish bo‘yicha to‘plangan materiallarni o‘rganib chiqib, qoidabuzarni O‘zbekiston Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalarida nazarda tutilgan (194, 1285, 183-moddalar) huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topdi.

U 15 sutka ma'muriy qamoq bilan jazolandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent ko‘chalarida YPX xodimidan qochgan haydovchi o‘z oyog‘i bilan kelib uzr so‘ragani xabar qilingan edi.

 

Top