15:30 / 03.08.2019
17982
Reklama

REDTAG FLO OUTLET: yil bo‘yi chegirmalar amal qiluvchi savdo do‘koni

Toshkentning Uchtepa tumanidagi korzinka.uz supermarketida REDTAG FLO OUTLET do‘koni ochildi. Bu haqda tarmoqning Telegram kanalida xabar berildi.

REDTAG FLO OUTLET do‘konida oilangizning barcha vakillari uchun mo‘ljallangan kiyim-kechak va poyabzallarni 75%gacha chegirma bilan xarid qilishingiz mumkin. Mazkur brendlarning oddiy do‘konlaridan farqi shundaki, OUTLETda avvalgi mavsumiy kolleksiyalarning buyumlari katta chegirmali narxlarda bir joyning o‘zida sotiladi.

Bu degani, siz nafaqat REDTAG brendining qulay va ommabop kiyim-kechaklari, balki Kinetix, Polaris, Torex, Butigo, Art Bella, Panama Club, US Polo Assn, Lumberjack, Dockers By Gerli, Garamond kabi Turkiya hamda Yevropa brendlarining ixcham dizayndagi har tomonlama qulay, bejirim poyabzallari, turli-tuman aksessuarlarni tanlab olish imkoniyatiga egasiz. Eng ajoyib tomoni shundaki, markazda taqdim etilgan chegirmalar yil bo‘yi amal qiladi.

Birlashgan Arab Amirliklarining REDTAG brendi dunyoning 19ta mamlakatida 200dan ortiq do‘koniga ega bo‘lsa, Turkiyaning FLO multibrend poyabzallari do‘koni 450dan ortiqni tashkil etadi.

Yangi REDTAG FLO OUTLET do‘koni Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Foziltepa ko‘chasi 93 uy, korzinka.uz supermarketi hududida joylashgan.

Reklama huquqi asosida

Top