13:18 / 04.08.2019
9746

AQShning yana bir shahrida otishma yuz berdi: yetti kishi halok bo‘ldi

Foto: AP

AQShning Ohayo shtatidagi Deyton shahrida otishma sodir bo‘ldi. Dayton Daily News gazetasining xabar berishicha, otishmada yetti kishi qurbon bo‘lgan.

Hozirda voqea joyida politsiya va tibbiyot xodimlari ish olib bormoqda. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, otishma sodir etgan shaxslardan biri o‘ldirilgan, politsiya ikkinchi jinoyatchini qidirmoqda.

Bu AQShda bir sutka ichida yuz bergan ikkinchi otishmadir. Avvalroq El-Paso shahridagi Walmart savdo markazida sodir etilgan otishma oqibatida 20 kishi halok bo‘lgan, 26 kishi yaralangan edi.

Mavzuga oid
Top