16:28 / 04.08.2019
8032

BAA prezidenti Qurbon hayiti munosabati bilan 650dan ortiq mahkumni afv etdi

Foto: AP Photo / Kamran Jebreili

BAA prezidenti shayx Xalifa bin Zayd Ol Nahayon yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayiti munosabati bilan 650dan ortiq mahkumni afv etdi. Bu haqda WAM agentligi xabar berdi.

Agentlikning ma'lum qilishicha, turli moddalar bilan jazoga tortilgan 669 kishi amnistiyaga tushgan. BAA prezidenti shuningdek, ularning qarz va jarimalarini to‘lab beradi.

Bu yil BAAda Qurbon hayiti 11 avgust kuni nishonlanadi.

Mavzuga oid
Top