15:57 / 04.08.2019
7067

Moyze Kin APL klubiga o‘tdi

19 yoshli hujumchi Moyze Kin «Yuventus»dan «Everton»ga o‘tdi.

Liverpul klubidan ma'lum qilishlaricha, italiyalik futbolchi bilan 5 yillik shartnoma tuzilgan.

OAV xabariga ko‘ra, transfer qiymati 27,5 mln funtni tashkil qildi. Kelishuvga asosan «Yuyentus» Moyzeni 36,6 mln funtga qayta sotib olish huquqiga ega.

Ma'lumot uchun, Kin 2018/19 mavsumida A Seriyaning 13ta o‘yinida 6ta gol urib, bitta golga assistentlik qildi. U 2018 yil noyabrida Italiya milliy jamoasida debyut qilgan, shu yil boshidan buyon esa «skudra adzurra»ning ikkita uchrashuvida qatnashishga ulgurgan.

Top