08:51 / 04.08.2019
37003

Zelenskiy qancha maosh olishi ma'lum qilindi 

Foto: AFP 2019 / Genya Savilov

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zidan avvalgi prezident Pyotr Poroshenko kabi maosh olmoqda. Bu haqda “Gromadske” nashri xabar qildi. 

Jumladan, Zelenskiy iyunda prezident lavozimida 28 ming grivna (rasmiy kurs bo‘yicha 1100 dollar atrofida) miqdorida maosh olgan va undan 5460 grivna soliq to‘lagan.

“Ukraina prezidentiga ish haqining boshqa tashkil etuvchilari (ustamalar, mukofot pullari va boshqalar) o‘rnatilmagan”, deb aytilgan xabarda.

Iyun o‘rtasida Zelenskiyning prezident lavozimiga kirishgandan keyin olgan ilk maoshi 12,7 ming grivnani tashkil qilgani, undan 2,4 ming grivna ushlab qolingani ma'lum qilingan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Poroshenko 2018 yil prezident lavozimida 270,5 ming grivna ishlab topgan. Bu qiymat to‘liqligicha xayriya jamg‘armasiga o‘tkazib berilgan. 

Mavzuga oid
Top