13:36 / 06.08.2019
13104

Shimoliy Koreya harbiy dasturlari uchun 2 mlrd dollar o‘g‘irlagan – OAV

Foto: EPA-EFE/FELIPE TRUEBA

Shimoliy Koreya ommaviy qirg‘in qurollarini yaratish bo‘yicha dasturlarni moliyalashtirish uchun banklar va kriptovalutalar birjalariga kiberhujumlar sodir etish orqali 2 mlrd dollarga yaqin pul o‘g‘irlagan. Bu haqda BMT Xavfsizlik kengashi mustaqil ekspertlari dokladiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

Hujjatda ta'kidlanishicha, bunday hujumlar soni 35tadan kam bo‘lmagan. Ulardan kamida 17 davlat ziyon ko‘rgan.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, dokladda to‘plangan pullar ommaviy qirg‘in qurollari dasturlarini qo‘llab-quvvatlash uchun sarflangan. Ekspertlarning ta'kidlashicha, Shimoliy Koreya “bir kemadan ikkinchi kemaga yuklarni ortib hamda ommaviy qirg‘in qurollari bilan bog‘liq vositalar va hashamat buyumlarini xarid qilib, BMT sanksiyalarini buzmoqda”.

Shimoliy Koreyaning AQShdagi elchixonasi dokladga izoh berish iltimosini javobsiz qoldirgan.

AQSh davlat departamenti matbuot kotibi Morgan Ortagus Reuters’ga ushbu masala yuzasidan izoh berib, unda AQSh Pxenyan tomonidan “tarmoqda amalga oshirilayotgan g‘arazli faoliyat”ni to‘xtatish uchun Shimoliy Koreyaga nisbatan choralar ko‘rishga chaqirayotganini ma'lum qilgan.

Mavzuga oid
Top