07:56 / 06.08.2019
6454

Xorijga ishga yuborish uchun 20 000 dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Illyustrativ foto

Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda mahkama matbuot xizmati.

Unda, «R.W.» xususiy bandlik agentligi xodimi N.S. fuqaro U.J.ning 4 nafar tanishlarini o‘zining yuqori turuvchi tashkilotlardagi tanishlari orqali Yaponiya davlatiga ishga yuborish uchun imtihonlardan o‘tkazganligini vaj qilib, har bir fuqaro uchun 5.000 AQSh dollaridan jami 20.000 AQSh dollari berishini talab qilib olgan vaqtda ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan N.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bosh prokuratura xabarida aytilishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid
Top