00:45 / 08.08.2019
27856

Erdo‘g‘an Turkiya Qrimning Rossiya bilan birlashishini tan olmasligini aytdi

Foto: Global Look Press

Turkiya Qrimning Rossiya tarkibiga kiritilishini tan olmaydi va qrim tatarlar huquqlarini himoya qilishni davom ettiradi. Bu haqda Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan qo‘shma matbuot anjumanda ma'lum qildi. Hozirda Zelenskiy Anqarada rasmiy tashrif bilan qolmoqda.    

“Bugun men Turkiya Ukrainaning mustaqilligini hamisha qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladim. Qrimning bosib olinishini Turkiya tan olmagan va tan olmaydi. Qrim tatarlar – davlatlarimiz o‘rtasidagi aloqaning muhim elementidir. Biz qrim tatarlar huquqlarini himoya qilish, ularning milliy o‘ziga xosligini saqlab qolishni ustuvor vazifalarimiz deb hisoblashni davom ettiramiz”, deb aytgan Erdo‘g‘an. 

Turkiya yetakchisining aytishicha, Turkiya Ukraina sharqidagi ixtilofning tez orada yakunlanishiga umid qiladi. “Biz Minsk jarayoni va turk diplomatlari bo‘lgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining missiyasini qo‘llab-quvvatlaymiz. Kecha Ukraina sharqida 4 harbiy halok bo‘lganidan xabar topdik. Men Ukraina prezidenti va xalqiga hamdardlik bildiraman”, deb qo‘shimcha qilgan Erdo‘g‘an.

Mavzuga oid
Top