21:01 / 08.08.2019
17175

Jomboy va Samarqand tumanlariga yangi prokuror tayinlandi

Samarqand viloyatining Jomboy va Samarqand tumanlariga yangi prokuror tayinlandi. Bu haqida Kun.uz manba'si ma'lum qildi. Unga ko‘ra, Sanayev Javlon Ismatovich Samarqand tumaniga, Turumov Alisher Erkinovich Jomboy tumaniga prokuror etib tayinlangan.

Bu ikki yangi tumanga oldinroq hokim va IIB rahbarlari tayinlangandi. 26 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Samarqandga tashrifidan so‘ng Jomboy va Samarqand tumanlarida to‘rtlik almashgandi.

Avvalroq Payariq tumanida IIB boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Toshev Aminjon Abubakirovich Samarqand tumaniga, «Jasorat» medali sohibi Shavmanov Salimjon Hayitboyevich Jomboy tumaniga IIB boshlig‘i etib tayinlangandi.

30 iyul kuni esa ikkita tumanning yangi hokimi ham aniq bo‘lgan va To‘ychiyev Hamza Hakimovich Jomboy tumaniga, Mavlonov Nosir Mamarasulovich Samarqand tumaniga hokim etib tayinlangandi.

Top