20:51 / 08.08.2019
5950

Toshkent-Urganch va Toshkent-Samarqand yo‘nalishlarida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi 

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ma'muriyati Qurbon hayiti bayrami kunlari ko‘proq yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish maqsadida Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishida 556/555 sonli qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilganligini ma'lum qildi.

Toshkent –Urganch yo‘nalishida harakatlanadigan 556-sonli qo‘shimcha poyezd 9, 11, 13 avgust kunlari Toshkent Janubiy vokzalidan soat 14:22 da, Urganch-Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 555-sonli qo‘shimcha poyezd esa 10,12,14 avgust kunlari Urganch vokzalidan soat 10:10 da jo‘naydi.

Shuningdek, 9 avgustdan boshlab, Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 764/763 sonli “AFROSIYOB” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdining qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. 

Qo‘shimcha ma'lumotlarni Toshkent shahrida 1005 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, shuningdek, joylardagi temir yo‘l vokzallaridagi ma'lumotxonalarga murojaat qilib bilib olish mumkin.

Top