23:03 / 09.08.2019
23272

Buyuk Britaniya elektr energiyasiz qoldi

Foto: Martin Zabala / Globallookpress.com

Buyuk Britaniyada elektr energiyasining katta ko‘lamli uzilishlari qayd etildi. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, elektr energiya bilan bog‘liq muammolar mamlakatning turli qismlaridagi katta hududlarda, xususan Londonning aksariyat qismida va mamlakatning janubi-sharqida yuz bermoqda. Bu holat poyezd va aeroportlarning ishiga ta'sir qildi. "Biz bunga National Grid elektr tarmog‘idagi uzilishlar sabab bo‘lgan deb o‘ylaymiz, bu iste'molchilarimizga ta'sir qilmoqda", - deb ta'kidlashdi mamlakatning energiya tarmoqlari operatorlari vakillari.

Iyun oyida Argentina, Urugvay, shuningdek, Braziliya va Paragvayning ba'zi joylari aholisi elektr energiyasiz qolgani ma'lum qilingandi.

8 martga o‘tar kechasi Venesuelaning 23 shtatidan 21tasida elektr ta'minoti bilan bog‘liq katta muammolar ro‘y bergandi. Mamlakat rasmiylari muxolifatni elektr stansiyalariga Molotov kokteyllari bilan hujum qilganlikda ayblashgan.

Top