10:57 / 09.08.2019
34366

Jeenbekov Qirg‘iziston xavfsizlik kengashini chaqirdi

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov sobiq prezident Almazbek Atambayev qo‘lga olinganidan so‘ng mamlakat xavfsizlik kengashini chaqirdi. Bu haqda Qirg‘iziston respublikasi prezidentining rasmiy saytida ma'lum qilingan.

«Mamlakat rahbari Almazbek Atamboyevning Konstitutsiya hamda qonunlarni keskin tarzda buzganini ta'kidladi. Sooronbay Jeenbekov Qirg‘iziston qonun ustuvor bo‘lgan davlat ekanini, davlatning vazifasi barcha fuqarolarni nazorat qiladigan qonunning talablarini bajarish ekanini aytdi», — deyiladi xabarda.

Yig‘ilish davomida Qirg‘iziston davlat xavfsizlik qo‘mitasi raisi Orozbek Opumbayev, ichki ishlar vaziri Kashkar Junushaliyev hamda bosh prokuror O‘tkurbek Jamshitovlar Atamboyevning qo‘lga olinishi haqida hisobot berishdi.

Avvalroq Jeenbekov davlat xavfsizlik qo‘mitasi raisi Orozbek Opumbayevning iste'fosini qabul qilmagani aytilgandi.

Mavzuga oid
Top