13:23 / 09.08.2019
18614

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi: «Go‘sht bozorida xech qanday monopoliya yo‘q»

Foto: KUN.UZ

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi go‘sht narxi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi. Qo‘mita go‘sht narxi nega tartibga solinmayotganini ham ma'lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasi bergan ma'lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 1 aprel holatiga tirik vaznda go‘sht ishlab chiqarish hajmlarini 94,3 foizi dehqon (shaxsiy ) xo‘jaliklariga, 4,8 foizi fermer xo‘jaliklariga va 0,9 foizi qishloq xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Bildirilishicha, go‘sht bozorida hech qanday monopoliya yo‘q va unda raqobat shakllangan. Shuningdek, bu o‘z navbatida respublikada go‘sht bozorining talab va taklifdan kelib chiqib barqaror ishlab chiqarishni ta'minlaydigan sanoat ishlab chiqarish ulushi juda kamligini ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 martdagi 249-son qarori bilan Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari ro‘yxati tasdiqlangan. Unga ko‘ra, go‘sht ushbu ro‘yxatga kiritilmagan va uning narxi ishlab chiqaruvchi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

“Ta'kidlash joizki, bugungi kunda Qo‘mita tomonidan go‘sht bozori o‘rganilmoqda. O‘rganish yakuni bo‘yicha Qo‘mita aynan shu sohada tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflar va chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqadi”, - deyiladi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi axborot xizmati xabarida.

Mavzuga oid
Top