01:03 / 10.08.2019
6190

Tramp Kim Chen Indan yangi uchrashuv o‘tkazish taklifini olganini ma'lum qildi 

Foto: AP

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQSh prezidenti Donald Trampga navbatdagi maktubini jo‘natdi. Bu haqda Tramp odatga ko‘ra jurnalistlarga ma'lum qilgan va maktubni “juda yaxshi maktub” deb atagan. 

AQSh prezidentining aytishicha, Shimoliy Koreya yetakchisi unga uchinchi sammit o‘tkazishni va Koreya yarimorolini yadroviysizlashni muhokama qilishni taklif qilgan.

“Men kecha Kim Chen Indan juda yaxshi maktub oldim. Fikrimcha, bizda yangi uchrashuv bo‘ladi”, deb aytgan Tramp.

Bundan tashqari, AQSh prezidenti Xitoy bilan muzokaralarni davom ettirish rejasi haqida va Huawei’ga qarshi sanksiyalar bekor qilinishi mumkinligini ma'lum qilgan. 

Mavzuga oid
Top