11:00 / 13.08.2019
95517
Reklama

O‘zbekistonlik abituriyentlar imtihonsiz TOP-1000talikka kirgan universitet talabasi bo‘lishi mumkin

Test sinovlaridan o‘ta olmadingizmi? 

Bu orzularingiz va hayot yo‘lingizning oxiri emas. Sizda hoziroq dunyoning Top-1000taligiga kirgan oliy ta'lim muassasasi talabasi bo‘lish imkoniyati bor. Eng muhimi, hech qanday imtihonsiz talaba bo‘lishingiz mumkin. Bunda sizga «Inside-A» ta'lim markazi yordam beradi. 

Ushbu universitet ta'lim sifati bilan dunyoning eng yaxshi Oliy ta'lim muassasalari 1000 taligi ro‘yxatiga kiritilgan. Unda 40 fakultetdan birida tahsil olib, xalqaro diplomni qo‘lga kiritishingiz va mutaxassisligingiz bo‘yicha duyoning istalgan burchagida faoliyatingizni olib borishingiz mumkin, hatto, ushbu universitet diplomi O‘zbekistonda ham amal qiladi. Yaqindagina mazkur universitet rahbariyati O‘zbekistonga kelib, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat politexnika universiteti bilan memorandum imzoladi.

«Inside-A» ta'lim markazi Ukrainadagi quyidagi OTMlarga imtihonsiz kirish imkoningiz borligini yodga soladi:

1. Xarkov Milliy aviatsiya universiteti

2.V.N.Karazin nomidagi Xarkov milliy universiteti

3.Yaroslav Mudriy nomidagi Xarkov milliy Yuridik universiteti

4. Xarkov Milliy farmatsevtika universiteti

5. Xarkov Milliy politexnika universiteti

6. S.Kuznets nomidagi Xarkov Milliy Iqtisodiyot universiteti

7. Xarkov milliy tibbiyot universiteti

8. Xarkov davlat boshqaruvi akademiyasi 

Xo‘sh, nima uchun aynan Ukraina?

Bu yil O‘zbekistondagi oliy ta'lim muassasalari talabasi bo‘lish uchun 1,2 million abituriyent hujjat topshirgan. Ularning 102 ming 400 nafari, ya'ni bor-yo‘g‘i 10%i talabalikka qabul qilinadi. Xo‘sh, qolganlar oliy ma'lumotsiz bo‘lib o‘tishi kerakmi yo keyingi yilni kutib, kun sanashi? Siz ikkisini ham o‘zingizga va yaqinlaringizga ravo ko‘rmasligingizga ishonamiz. Imkoniyatlar, orzular esa chegara bilmaydi. Ularni dunyoning istalgan nuqtasidan qidirish mumkin. 

O‘zbekistonda bugun neft va gaz, energetika, texnika, mashinasozlik, muhandislik kabi sohalarda yuqori lavozimlarda faoliyat yuritayotgan kishilar aynan Xarkov Milliy politexnika universitetini tamomlaganlar. 

2018 yilda O‘zbekistondagi OTMlarga imtihon topshirib yiqilgan, so‘ng biz tavsiya etayotgan universitetlarga imtihonsiz kirishni ixtiyor etgan yigit-qizlar bugun talabalikning oltin davrini boshdan o‘tkazmoqda. Quyidagi videoda ularning orzulariga qanday yetganlari bilan tanishishingiz mumkin.

«Inside-A» ta'lim markazi oldidagi asosiy vazifalar:

  • Ukrainada oliy ta'lim olish istagida bo‘lgan yoshlarga hujjatlarni topshirishda ko‘maklashish;
  • Ta'lim uchun pul o‘tkazmalarini amalga oshirish;
  • Samolyot chiptalari bilan ta'minlash;
  • Talabani OTMni bitirgunga qadar yashash joyi bilan ta'minlash.

O‘quv jarayonida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ehtimolli muammolarni bartaraf etish.

Oliy ta'lim muassalarida ta'lim eng kamida 4 yil, ko‘pi bilan 6 yilgacha. O‘qishni bitirganlarga mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro diplom beriladi. Ta'lim tizimi ikki semestrga bo‘lingan. O‘zbekistonlik talabalar xohish va istaklariga ko‘ra, o‘qishlarini O‘zbekistondagi Oliy o‘quv yurtlariga ko‘chirishlari ham mumkin.

Abituriyentlar Ukrainaga borganidan so‘ng, birinchi haftaning o‘zidayoq doimiy yotoqxona bilan ta'minlanadi. Ota-onalar uchun O‘zbekistondan turib, farzandlari darslarga qatnayotganini kuzatish, davomatni elektron nazorat qilib borish, o‘zlashtirishi, fanlardan olayotgan baholaridan boxabar bo‘lish imkoniyati yaratilgan.

Rus tilini bilmaganlar uchun qo‘shimcha bepul kurslar mavjud.

OTMlarga hujjat topshirish joriy yilning 1 noyabriga qadar davom etadi. O‘qishga yo‘llanma olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:

  • Fuqarolik pasporti nusxasi;
  • Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;
  • Maktab yoki kasb-hunar kolleji diplomi va ilovasi.

Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 1-A uy.

Mo‘ljal: «Shahriston» metro bekati, Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudi binosi.

Telefonlar: +99897 7223010, +99897 4223010, +99897 4333010

Batafsil ma'lumot uchun:

Telegram: @inside-a info

Facebook: @inside_a_study

Instagram: @inside_a_study

Sayt: insidea.info 

Reklama huquqi asosida

Top