13:06 / 14.08.2019
51026

NATOda Shoyguning samolyotiga qiruvchi samolyot yaqinlashgani sababi tushuntirildi

Foto: Rossiya mudofaa vazirligi

NATOning F-18 qiruvchi samolyoti Boltiq dengizi ustida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning samolyotiga uni indentifikatsiya qilish uchun yaqinlashgan. Bu haqda NATO vakiliga iqtibos keltirgan holda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar berdi.   

Ma'lum qilinishicha, Rossiya samolyoti NATO hududiga yaqin uchgan va shu sababli u tomon NATOning Boltiqda havo hududini patrullash tarkibidan qiruvchi samolyotlar jo‘natilgan. “Samolyot tanilishi bilanoq NATO samolyotlari bazaga qaytgan”, deb aytgan NATO vakili.

Uning aytishicha, alyansda Rossiya samolyoti bortida kim bo‘lganidan bexabar bo‘lishgan.

Ispaniya OAVda ma'lum qilinishicha, NATO samolyoti F/A-18 Hornet samolyotiga o‘xshash bo‘lgan, u Ispaniyaga qarashlidir. Samolyot Litvaning Shyaulyayye shahrida NATO missiyasi doirasida vaqtinchalik joylashtirilgan. 

13 avgustda NATOning F-18 samolyoti Shoygu ketayotgan samolyotga yaqinlashishga uringan. Vaziyatga samolyotni kuzatib borgan ikkita Su-27 samolyoti aralashib, NATO samolyotini nariga ketishga majbur qilgan. Ushbu holat videoda qayd qilingan.

Mavzuga oid
Top