08:25 / 15.08.2019
20858

Uzbekistan Airports’ga qator huquqlar berildi 

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi

Hujjat bilan “Uzbekistan Airports” AJga respublikaning xalqaro aeroportlari takliflariga ko‘ra:

aeroport tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar (O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan aviakompaniyalarga ko‘rsatiladigan xizmatlardan tashqari) uchun stavkalar hamda yig‘imlarni belgilash va o‘rnatish;

aeroportning aviatsiya yonilg‘isi va yoqilg‘i-moylash materiallarini saqlash uchun zaruriy infratuzilmani kengaytirish va modernizatsiya qilish;

mahalliy yoki xorijiy yuridik shaxslar bilan tanlov asosida aviatsiya yonilg‘isi va yoqilg‘i-moylash materiallarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar, shuningdek, ularni mamlakatning xalqaro aeroportlariga reyslarni, shu jumladan, tranzit reyslarni amalga oshiruvchi mahalliy yoki xorijiy aviakompaniyalarga sotish bo‘yicha shartnomalar tuzish huquqi beriladi.

Top