14:54 / 19.08.2019
11396

Apple Watch Series 5 yangi soatlari iPhone 11 bilan birga taqdim etilishi kutilmoqda

Apple Watch Series 5 yangi soatlari iPhone 11 bilan birgalikda taqdim qilinishi kutilmoqda. Soat yanada avtonom holatga keladi va uyqu monitoringida yaxshilangan funksiyalarga ega bo‘ladi.

Apple hademay o‘zining iPhone 11 modelini va qo‘shimcha ravishda Watch Series 5 yangi soatlarini taqdim qilishi mumkin, taqdimot 10 sentyabrda bo‘lishi kutilmoqda. Aksessuarning ehtimoliy anonsi haqida gadjet uchun uskunalar yetkazib beruvchilarga asoslanib Xitoy manbalari xabar bermoqda.

Yangi hisobotga asoslangan holda, Apple Watch Series 5'da Japan Display Inc. (JDI) kompaniyasi ishlab chiqargan OLED-ekrandan foydalaniladi. Kompaniya shu yilda soat displeylarining 15-20 foiz qismini yetkazib bersa, 2021 yilgacha ulush 70-80 foizga yetishi taxmin qilinmoqda.

Kutilayotgan yangilanishlar qatoriga uyqu holatini nazorat qilishning ilg‘or funksiyalari, o‘z-o‘zini boshqarish yaxshilangani hamda korpusning keramika va titandan ishlab chiqarilayotganini kiritish mumkin. Shuningdek takomillashtirilgan aloqa modullariga ega chaqqon protsessori o‘rnatilishi ham kutilmoqda.

Mavzuga oid
Top