14:21 / 21.08.2019
19273

IIBB: Soxta xodim jinoyat ustida qo‘lga olindi

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

2019 yilning 17 iyul kuni Chilonzor tumanida joylashgan oliy ta'lim muassasalarining birining talabasi hisoblangan 25 yoshli B.O. 29 yoshli S.A.ga o‘zini “jinoyat qidiruv xodimi” deb tanishtirgan.

IIBB xabariga ko‘ra, shundan so‘ng, u fuqaroni o‘g‘irlangan buyumlarni sotib olganlikda ayblab, sodir etgan jinoyati uchun ko‘z yumishini va jinoiy javobgarlikka tortmasligi uchun 100 AQSh dollarini so‘ragan. B.O. Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida talab qilingan pulni olish vaqtida qo‘lga olindi.

Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Top