12:13 / 21.08.2019
10584

«Kannabis»ni parvarishlash qimmatga tushdi

Bojxona xodimlari giyohvand moddalarning g‘ayriqonuniy aylanmasiga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.  

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida shu kabi qonunbuzarlik holatini fosh etishdi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Andijon tumanida yashovchi fuqaro U.I.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, xonadonning tomorqa qismida alohida agrotexnik ishlov berilgan och yashil, o‘tkir hidli daraxt shakliga kirgan 13 tup “Kannabis” o‘simligi hamda sochilgan va quritilgan holdagi 490 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Top