00:37 / 21.08.2019
6771

Turkiya va Ukraina yangi avloddagi harbiy dron yaratishni rejalashtirmoqda 

Foto: Ukroboronprom

Yangi avloddagi zarbdor uchuvchisiz parvoz qurilmasi Akinci’ni yaratish loyihasi Ukrainaning “Ukrspetseksport” va Turkiyaning Baykar Savunma kompaniyalari tomonidan yaratilgan qo‘shma korxonaning ilk loyihalaridan biri bo‘ladi. Bu haqda “Ukroboronprom” konserni matbuot xizmati xabar qildi.  

Konsern bosh direktori Pavel Bukinning ta'kidlashicha, yangi dron XXI asr standartlariga muvofiq ishlab chiqiladi.

Parvoz qurilmasining asosiy ustunliklaridan biri harbiy samolyotlar qo‘llaydigan o‘q-dorilar bilan zarba berish imkoniyati bo‘ladi.

Akinci 12 kmgacha balandlikka ko‘tarilib, havoda 24 soatgacha qolishi mumkin bo‘lgan og‘ir dronlar turiga tegishli bo‘lib, u bir tonnadan ko‘proq yukni ko‘tara oladi.

Top