19:48 / 22.08.2019
4249

Hongkongda maktab o‘quvchilari ma'muriyat rahbarining iste'fosini talab qilishdi

Foto: Kai Pfaffenbach / Reuters

Hongkong markazida bir necha yuz maktab o‘quvchilari norozilik namoyishi o‘tkazishdi. AR agentligining xabar berishicha, ular "Hongkongga ozodlik" deya qichqirishgan va ma'muriyat rahbari Kerri Lemning iste'fosini talab qilishgan.

Hongkongdagi namoyishlar 11 haftadan buyon davom etmoqda. Namoyishlar hukumatning jinoyatda gumonlanayotganlarni Xitoyga ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish rejasiga qarshi boshlangandi.  

Namoyishchilar 23 avgust kuni shahar ko‘chalarida Estoniya, Latviya va Litvada 1989 yil 23 avgustda o‘tkazilgan namoyishlarni xotirlab jonli zanjir hosil qilishmoqchi. 1989 yilda bu respublikalar aholisi uzunligi 670 kilometrli jonli zanjir hosil qilishib tinch namoyish o‘tkazgandi.

Mavzuga oid
Top