15:06 / 22.08.2019
16165

Jizzaxda bir kishining o‘limiga sabab bo‘lgan attraksion to‘liq bitmagan holda olib kelib o‘rnatilgan - Davlat qo‘mitasi

Foto: KUN.UZ

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Istirohat bog‘larida attraksion qurishda xavfsizlik choralari: muammo va yechimlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Jurnalistlar Jizzaxda istirohat bog‘idagi fojiali voqea uchun kim javobgar ekani haqida savol berdi.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

“Jizzaxdagi baxsiz hodisa uchun attraksionni sotib olgan tadbirkor va bog‘ ma'muriyati javobgar, — dedi qo‘mita raisi Baxtiyor G‘ulomov. — Aniqlanishicha, tadbirkor ushbu attraksionni O‘zbekistonda buyurtma asosida yasattirgan. Tadbirkor hali to‘liq bitmagan attraksionni o‘zim tugatib olaman, deb olib ketgan. Va alaloqibat guvohi bo‘lganimizdek, baxsiz hodisa kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan”.

Mutasaddilar har bir madaniyat va istirohat bog‘ida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiyot punktlarida shifokor va hamshira bo‘lishi shart etib belgilanganini bildirdi. O‘rganishlar davomida 854 ta attraksionda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyati mavjud emasligi, 695 ta attraksionda javobgar shaxs tayinlanmagani aniqlangan.

Respublikamizdagi attraksionlarning 1292 tasida texnik pasport mavjud emasligi qayd etildi. 928 ta attraksionda ishlatish va o‘rnatish bo‘yicha yo‘riqnomalar mavjud emas.

Mavzuga oid
Top