16:00 / 22.08.2019
8085

Shayxontohur tumanidagi 4ta qo‘shni uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

2019 yilning 22 avgust kuni 02 dan 50 daqiqa o‘tganda Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Huvaydo” MFYda joylashgan 31, 51, 33 va 42-uylarda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, xabar asosida voqea joyiga 5 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga soat 02:58da yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 03:11da qurshab olingan va 03:42da to‘liq bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan.

Yong‘in oqibatida Huvaydo 4-tor ko‘chasidagi 31-uyning 20 kv. metr, 51-uyning 65 kv. metr, 33-uyning 40 kv. metr va Xuvaydo 2-tor ko‘chasidagi 42-uyning 25 kv. metr maydonda tom qismlari yonib zararlangan. Yong‘indan uylarning jami 550 kv. metr maydoni saqlab qolingan.

Yong‘inni qisqa vaqtda tarqalishiga uylarni qurishda yong‘inga qarshi oraliq masofalar inobatga olinmagan va yong‘inga qarshi devorlar qurilmaganligi sabab bo‘lgan. Hodisaning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Top