11:34 / 24.08.2019
8906

Dzyudo bo‘yicha jahon chempionatiga qur'a tashlandi. O‘zbekistonliklarning dastlabki raqiblari ma'lum

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Ertaga, 25 avgust kuni Yaponiyaning Tokio shahrida dzyudo bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati start oladi. Kelasi yili ushbu shaharda o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga eng yirik lisenzion ochkolarni taqdim qiladigan musobaqa hamyurtlarimizning diqqat-markazida bo‘lishi tabiiy. Zero, unda O‘zbekiston termasining 11 nafar vakili g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida aytilishicha, biroz avval musobaqaga qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, hamyurtlarimiz dastlabki bellashuvlarini quyidagi raqiblarga qarshi o‘tkazishadi:

-60 kg: Sharofiddin Lutfillayev – Muhammad Rashnonezxad (XDF);

-60 kg: Diyorbek O‘rozboyev – Adonis Dias (AQSh);

-66 kg: Shahram Ahadov – Marko Tolinanteniana (Madagaskar);

-66 kg: Sardor Nurillayev – Ayyub Al Adrissi (Qatar) / Indrit Kullxaj (Albaniya);

-73 kg: Hikmatilloh To‘rayev – Muhammad Moheldin (Misr) / Xorxe Fernandesh (Portugaliya);

-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev – Nikon Zaboroskius (Moldaviya);

-90 kg: Yahyo Imomov – Markus Niman (Shvetsiya);

-100 kg: Muhammadkarim Xurramov – Peter Paltchik (Isroil);

+100 kg: Bekmurod Oltiboyev – Vladislav Tsiarpitski (Belarus) / Shakarmamad Mirmamadov (Tojikiston);

-52 kg: Diyora Keldiyorova – Xuana Diogo (Portugaliya);

-70 kg: Gulnoza Matniyazova – Nihol Landosi (Tunis).

Ma'lumot uchun: XDF – Xalqaro dzyudo federatsiyasi bayrog‘i ostida kurashadigan vakil.

Top