17:00 / 25.08.2019
9410

Dzyudo. Sharofiddin Lutfillayev jahon chempionatining kumush medali bilan kifoyalandi

Yaponiya poytaxtida start olgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining birinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi bitta medal oldi.

- 60 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan Sharofiddin Lutfillayev finalgacha yetib borib, hal qiluvchi bahsda gruziyalik Luxumi Chxvimiamiga qarshi bahs olib bordi.

Murosasiz kechgan kurash gruzin vakilining g‘alabasi bilan yakunlandi va Sharofiddin Lutfillayev -60 kilogramm vazn toifasida jahon chempionatining kumush medali bilan kifoyalanadigan bo‘ldi. U shu tariqa jahon va Tokio Olimpiadasi reytingi uchun 1400 ochkoni ham o‘z hisobiga yozib qo‘ymoqda.

Top