15:06 / 28.08.2019
14209

Rossiya Saudiya Arabistonida “Kalashnikov” avtomatlari ishlab chiqaruvchi zavod qurmoqchi

Rossiya Saudiya Arabistonida AK-103 avtomatlarini ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi bo‘yicha shartnoma imzolashni mo‘ljallamoqda. Bu haqda harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmat direktori Dmitriy Shugayev ma'lum qildi.

"Hozirda Saudiya Arabistoniga “Kalashnikov” avtomatlari yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar amalga oshirilmoqda. Bu yerda AK-103 ishlab chiqarishga yetib boramiz", - dedi u.

2017 yil oktyabrda "Rosoboroneksport" va Saudiya harbiy-sanoat kompaniyasi o‘rtasida harbiy mahsulotlar xarid qilish va ularni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish to‘g‘risida memorandum hamda Saudiya Arabistonida AK-103 avtomatlari va turli patronlarni lisenzion ishlab chiqarish to‘g‘risida shartnoma imzolangandi.

Top