19:39 / 29.08.2019
0
7140

O‘zbekistonlik gandbolchi qizlar jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi

Hindistonning Jaypurida gandbol bo‘yicha 18 yoshgacha ayollar terma jamoalari o‘rtasida Osiyo chempionati (U-18) o‘z nihoyasiga yetmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.

O‘zbekiston terma jamoasi qizlari sovrinli o‘rinlarni egallay olishmaganiga qaramay, jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, chempionatda 5 ta yuqori o‘rinni egallagan terma jamoa 2020 yilda Fransiyada o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. O‘zbekistonlik qizlar Xitoy Taypeyi terma jamoasini 33:32 hisobida mag‘lub eta olishgan.

Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston qizlar terma jamoasi jahon chempionatining final bosqichida 5-marta ishtirok etadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top