22:31 / 31.08.2019
1
5374

«Kosonsoy-farm» EIZda birinchi korxona ishga tushirildi

Namangan viloyatidagi «Kosonsoy-farm» erkin iqtisodiy zonasida birinchi loyiha - «Spring farmatsevtik» korxonasi ishga tushirildi. 

«Spring farmatsevtik» korxonasiga O‘zbekiston Prezidentining 2017 yildagi maxsus qarori bilan tashkil etilgan «Kosonsoy-farm» erkin iqtisodiy zonasi hududidan o‘tgan yili 1,7 gektar yer ajratib berilgandi. Bir yil ichida jami qiymati 18 milliard so‘m bo‘lgan loyiha amalga oshirildi.  

70 ta yangi ish o‘rni yaratilgan bu korxonada yiliga 25 milliard so‘mlik 60 turdagi dori-darmon vositalari ishlab chiqariladi.  

Erkin iqtisodiy zonada umumiy qiymati 51 million AQSh dollaridan ortiq 13 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu mablag‘larning katta qismi, 24 million dollarga yaqini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir. 2021 yilga borib barcha 13 loyiha yakunlanganda, yillik ishlab chiqarish hajmi 100 milliard so‘mdan ortiq zamonaviy ishlab chiqarish korxonalariga, 1000 ga yaqin ish o‘rniga ega bo‘linadi.

Hozirgi kunda ana shu loyihalardan umumiy qiymati 8,5 million dollarga teng 6 tasi amalga oshirilmoqda. Yaqin kunlarda “Axsikent sof sanoat” hamda «Firdavsbek farm» korxonalari ham faoliyat boshlaydi.

«Kosonsoy-farm» erkin iqtisodiy zonasida shuningdek, Koreya, Rossiya, Misr va Belarus davlatlari bilan hamkorlikdagi yangi yirik loyihalar ishlab chiqilmoqda. Ukraina va Hindiston ham Namangan viloyati bilan hamkorlik qilishga katta qiziqish bildirmoqda.

Dilmurod Jumaboyev

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top