10:01 / 02.09.2019
2
19678

Dog‘iston politsiyachilari ish masalasida aldangan o‘zbekistonlik er-xotinga yordam berdi

Foto: versiya.info

Dog‘istonda politsiyachilar O‘zbekistonning ikki nafar fuqarosini topishdi, ularni mahalliy aholi vakillari ish masalasida chuv tushirib ketgan. Er-xotin ko‘chada mushkul ahvolda qolgan, deb xabar berdi Dog‘iston Respublikasi IIV matbuot xizmati.

IIVning «ishonch telefoni»ga o‘zbekistonlik Hamid Saidov qo‘ng‘iroq qilgan. U huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlaridan yordam so‘radi: mushkul holatda qolgan akasi Komiljon Matyoqubov va uning xotini Surayyo Nazarovani topish hamda vatanga qaytarish.  

Iyun oyi boshida Sergey ismli shaxs ularni Mahachqal'aga ishga taklif etgan. U er-xotinni Arsen ismli kishi bilan tanishtirgan, ular bu shaxsning qo‘lida ishlashlari kerak edi. Er-xotin ikki oy davomida tekinga mehnat qilishga majbur bo‘ldi - ovqat va tegishli ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun. Biroq, Arsen oradan uch oy o‘tib er-xotinni ko‘chaga haydab chiqargan va ishlab topgan pullarini bermagan.

O‘zbekistonlik er-xotin qiyin ahvolda qolgan - o‘zga yurtda, tilni bilmagan holda, pulsiz.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by MVD Dagestana (@mvd.dagestan) on

- Levashin tumani politsiyachilari O‘zbekiston fuqarolari qayerda ekanini aniqlab, ularni tuman bo‘limiga olib kelishdi hamda yaqin vaqt ichida vatanga qaytishlariga yordam beradilar, - deya xabar qilgan Dog‘iston Respublikasi IIV matbuot xizmati.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top