02:08 / 02.09.2019
10545

«Real» Beylning gollari evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Foto: Reuters

La Liganing 3-turida “Real“ mehmonda “Vilyarreal“ga qarshi o‘ynadi va mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

12-daqiqada Jyerar Moreno Serxio Ramosning xatosidan foydalanib maydon egalarini hisobda oldinga olib chiqdi, bo‘lim yakuni arafasida Garet Beyl ajoyib kombinatsiyani muvaffaqiyatli  yakuniga yetkazdi. 74-daqiqada Moyses Gomes maydon egalarini yana oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 86-daqiqada Beyl o‘z dublini nishonlab, madridliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

E'tiborlisi, o‘yinning 94-daqiqasida Beyl ikkinchi bor sariq kartochka oldi va maydondan chetlatildi.

“Real“ 3-turdan so‘ng 5 ochko to‘plab, “Barselona“dan 1 ochko oldinda bormoqda. Lekin peshqadam “Atletiko“dan 4 ochko ortda qolmoqda.

La Liga, 3-tur

Vilyarreal – Real 2:2

Gollar: Jyerar Moreno (12), Moyses Gomes (74) – Beyl (45, 86).
Vilyarreal: Fernandes, Mario Gaspar, Albiol, Kintilya, Pau Torres, Chukvueze (Ontiveros, 55), Moyses Gomes, Iborra, Kasorla (Bakka, 73), Jyerar Moreno, Toko-Ekambi (Zambo-Angissa, 62). 
Real: Kurtua, Karvaxal, Ramos, Mendi, Varan, Vaskes (Vinisius Junior, 74), Kazemiro, Kroos (Valverde, 82), Beyl, Benzema, Yovich (Modrich, 68).
Ogohlantirishlar: Kintilya (52), Mendi (77), Kazemiro (90), Beyl (90).
Chetlatish: Beyl (90+4).

Mavzuga oid
Top