13:29 / 03.09.2019
0
5350

Ronaldu 10-marta Portugaliyaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Portugaliyada mamlakatning eng yaxshi futbolchisini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu sovrin 10-marta Krishtianu Ronalduga nasib etdi, deb xabar beradi Daily Mail.

Ronaldu bu sovrin uchun kurashda «Atletiko» hujumchisi Joau Felish va «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Bernardu Silvadan ustun keldi.

34 yoshli Ronaldu o‘tgan mavsumda «Yuventus» bilan Italiya A Ceriyasida g‘olib bo‘ldi va Portugaliya milliy jamoasi bilan Millatlar Ligasida bosh sovringa ega chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu Lionel Messi va Virjil Van Deyklar bilan birga FIFA talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar ro‘yxatidan ham o‘rin olgan. Bu nominatsiya g‘olibi 23 sentabr kuni Milanda bo‘lib o‘tadigan marosimda e'lon qilinadi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top