12:27 / 04.09.2019
0
8294

«Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy»dagi davlat ulushi sotuvga qo‘yilmoqda

Foto: RIA Novosti

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi “Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy”dagi davlat ulushi sotuvga qo‘yilayotgani haqida ma'lum qildi.

Emitentning faoliyat sohasi – paxta chigitini, kungaboqar va soya o‘simligini qayta ishlash (fermentatsiya qilish) orqali ulardan oziq va nooziq ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish. 

Davlat aksiyalarini 2019 yil 7 oktyabrdan “Toshkent RFB” AJ savdolariga qo‘yiladi, davlat aksiyalarini emitent ustav fondidagi foizi – 64,92 foiz.

Savdoga chiqarilayotgan aksiyalarining umumiy soni – 3 606 140 (uch million olti yuz olti ming bir yuz qirq) dona oddiy aksiya, bir dona aksiyaning nominal qiymati – 3 788 (uch ming yetti yuz sakson sakkiz) so‘m.

Bir dona aksiyaning savdoga qo‘yishdagi boshlang‘ich narxi – 20 985,051 (yigirma ming to‘qqiz yuz sakson besh so‘m ellik bir tiyin) so‘m, aksiyalar paketining savdoga qo‘yishdagi umumiy boshlang‘ich narxi – 75 675 031 813,14 (yetmish besh milliard olti yuz yetmish besh million o‘ttiz bir ming sakkiz yuz o‘n uch so‘m o‘n to‘rt tiyin) so‘m.

Emitentning ustav fondi miqdori (pul ifodasida) – 21 041 256 632,0  (yigirma bir milliard qirq bir million ikki yuz ellik olti ming olti yuz o‘ttiz ikki) so‘m.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top