21:19 / 04.09.2019
0
14227

YouTube 170 mln dollarlik jarimaga tortildi 

Foto : Olly Curtis/Future via Getty Images

Google kompaniyasga tegishli YouTube videoxostingi foydalanuvchilar ma'lumotlarini yig‘ishda yo‘l qo‘ygan qoidabuzarliklar uchun 170 mln dollar miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, videoxosting 13 yoshdan kichik foydalanuvchilar haqida ularning ota-onasi roziligisiz ma'lumotlar to‘plagan. Bu esa AQSh qonunlariga zid hisoblanadi.

YouTube’ga nisbatan tergov olib borgan AQSh federal savdo komissiyasi qaroriga ko‘ra, videoxosting 136 mln dollarni jarima tarzida, yana 34 mln dollarni Nyu-York shtatiga to‘laydi.

Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda bu jarima Google va unga tegishli servislarga solingan eng yirik jarima hisoblanadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top