10:40 / 05.09.2019
1
4293

O‘rta Chirchiqda 5 kilogrammdan ortiq «marixuana» giyohvandlik moddasi olindi

2019 yil 19 avgust kuni Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan “Qoradori-2019” tezkor tadbiri o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, uning davomida “Quramaovul-Chuvildoq” mahallasida yashovchi 67 yoshli Sh.N.ning uyi molxonasidan 5 kg. 71 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top