18:35 / 06.09.2019
0
8686

Afg‘oniston prezidentining Vashingtonga tashrifi qoldirildi

Foto: Jonathan Ernst - Pool/Getty Images

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining ushbu dam olish kunlari Vashingtonga amalga oshirilishi rejalashtirilgan tashrifi qoldirildi. Bu haqda TOLO News telekanali xabar berdi.

G‘ani vakillar delegatsiyasi bilan shanba kuni AQShga jo‘nab ketishi kerak edi. Dushanba kuni Amerika prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazishi belgilangandi.  

Payshanba kuni Afg‘oniston prezidenti AQSh va "Tolibon" harakati o‘rtasidagi Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish to‘g‘risidagi shartnomani tanqid qilgandi. 

"Hali-hanuz begunohlarni o‘ldirish bilan shug‘ullanayotgan guruh bilan tinchlik izlash ma'nosizdir", degandi u. Avvalroq toliblar o‘sha kuni Kobulda yuz bergan terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top