23:40 / 06.09.2019
0
12961

Shvetsiyaning eng baland cho‘qqisi muzlik erishi sababli o‘z maqomini yo‘qotdi

Shvetsiyadagi Kebnekayse tog‘i cho‘qqisidagi muzlikning erishi sababli cho‘qqi mamlakatdagi eng baland cho‘qqi maqomini yo‘qotdi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi. 

“Bu yetarlicha ramziydir. Bu Shvetsiyaning barcha fuqarolari uchun dunyo o‘zgarayotganidan yaqqol nishonadir”, deb aytgan Stokholm universitetining geografiya bo‘yicha professori Gunxildu Ninis Roskvist.

Olim jamoasi 3 sentyabrda yozgi mavsum natijasiga ko‘ra muzlik erishini o‘lchagan. 1880 yilda ilk o‘lchashlar o‘tkazilgan vaqtdan beri Kebnekaysening ikki cho‘qqisidan janubiysi shimoliysidan baland bo‘lgan. Biroq joriy kuzda shimoliy cho‘qqi janubiysidan balandroq chiqib, 2096,8 metrni tashkil qilgan. Janubiy cho‘qqi esa 1960-yillardan beri 24 metr pastlashgan, bunda muzlikning eng jadal erishi oxirgi 20 yilga to‘g‘ri kelgan.

Roskvistning ma'lum qilishicha, janubiy cho‘qqi tiklanishi mumkin, biroq undagi muzlik barqaror erishda davom etmoqda.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top