15:12 / 06.09.2019
2
23025

Yo‘qolgan «Limuzin» Xorazmdan topildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sirdaryo tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan da'vogar «Hamkorbank» ATB Guliston filialining javobgar «Eldor Zotdor Chorvalari» MChJ fuqaro U.Xakimov va boshqalardan 104 mln. 476 ming so‘m undirish belgilangandi. 

Kredit qarzdorligi undiruvi kredit ta'minoti sifatida qo‘shimcha javobgarlarning biriga tegishli «CHRYSLER» avtomashinasiga qaratilgandi. Shunda xalq tilida erkalab aytiladigan «Limuzin» mashinasi negadir «yo‘qolib» qoldi. 

Demak, qarzdorlikni undirish «operatsiyasi»ga qidiruv guruhi a'zolari ham jalb etildi. MIBning qidiruvchilari somon ichidagi ignani ham topishi tayin. 

Bu gal shunday bo‘ldi. MIBning Sirdaryo tuman bo‘limi qidiruv sho‘'basi xodimlarining olib borgan sa'y-harakatlari bilan limuzin avtomashinasi uzoq Xorazmdan topildi va tegishli choralar ko‘rildi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top