14:02 / 07.09.2019
0
6978

Toshkentdagi yo‘llardan birida harakat vaqtinchalik bir tomonlama bo‘ldi

Joriy yilda Toshkent shahridagi 110-son maktab binosida ta'mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli, maktab o‘quvchilarining darslari vaqtinchalik P.F. Borovskiy nomidagi eski tibbiyot kolleji binosida o‘tkazilmoqda. 

IIBB xabariga ko‘ra, ushbu kichikroq ko‘chadan (Borovskiy ko‘chasi), shuningdek shifoxona, banklardan birining filiali, “Miran” mehmonxonasi va boshqa ofislar joy olishgan. Ko‘chada ko‘plab transportlar harakatlanishadi, endi ushbu ko‘chada bolalar soni sezilarli tarzda oshadi.

Maktab o‘quvchilarining ota-onalaridan kelib tushgan murojaat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari o‘quvchilar ishtirokidagi hodisalarning oldini olishga qaratilgan choralar ko‘rishdi. 

Xavfsizlik chorasi sifatida ko‘chaning ushbu hududida avtomobillar harakati vaqtinchalik bir tomonlama bo‘lishiga qaror qilindi: Shahrisabz ko‘chasidan Sodiq Azimov ko‘chasi tomon harakat ochiq bo‘ladi. Qarama-qarshi tomondan ko‘chaning mazkur qismi 3.1 “Kirish taqiqlangan” belgisi bilan berkitildi. Shuningdek Sodiq Azimov ko‘chasidan Borovskiy ko‘chasiga burilish yaqinida 4.1.1 “Harakatlanish to‘g‘riga” yo‘l belgisi ham o‘rnatildi.

“Hurmatli haydovchilar! Sizdan ushbu faktni yodda saqlashingizni hamda yo‘l belgilariga e'tiborliroq bo‘lib, qoidalarga amal qilishingizni so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.          

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top