16:19 / 09.09.2019
0
7419

Afg‘on harbiylari 36 nafar "Tolibon" jangarisini yo‘q qildi

Foto: AFP 2019 / Wakil Kohsar

Afg‘on harbiylarining Balx viloyatida o‘tkazgan operatsiyasi davomida "Tolibon" harakatining 36 nafar jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda Afg‘oniston milliy armiyasi 209-korpusining matbuot markazi xabar qildi.

Kontrrerrostik operatsiya aviatsiya qo‘llab-quvvatlovi ostida Shulgar va Chimtol uyezdlarida o‘tkazildi, deyiladi xabarda. Qayd etilishicha, 13 nafar tolib yaralangan.

Afg‘onistonning Ariana News telekanali internet portalining xabar berishicha, o‘z navbatida Qunduz viloyatida NATO maxsus bo‘linmalari Isaxeyl va Chahordara uyezdlarida tozalov operatsiya o‘tkazgan bo‘lib, operatsiya davomida olti jangari o‘ldirilgan, sakkiz jangari yaralangan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top