19:45 / 09.09.2019
0
4020

Karlos Gonning firibgarligi Nissan’ga 327 mln dollar zarar keltirdi

Nissan yapon korporatsiyasining sobiq rahbari Karlos Gonning moliyaviy firibgarliklari kompaniyaga 35 mlrd iyen (327 mln dollar) miqdorida zarar keltirdi. Bu haqda kompaniyaning direktorlar kengashi raisi Yasusi Kimura ma'lum qildi. 

“Karlos Gonga nisbatan ichki tekshiruvimiz o‘tgan yil oktyabridan davom etgan. Biz uning firibgarliklari natijasida kompaniyaga yetgan ziyon 35 mlrd iyenni tashkil qilganini hisoblab chiqdik. Shu sababli uning ustidan sudga da'vo arizasi bermoqchimiz”, deb aytgan Kimura aksiyadorlar yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra.

Nissan kompaniyasi Renault-Nissan-Mitsubishi avtomobil alyansining sobiq rahbari Karlos Gon bilan bog‘liq mojaro sababli hamon diqqat markazida qolmoqda. Gon aprelda turmadan ozod qilinib, 500 mln iyen (4,5 mln dollar) garov puli evaziga uy qamog‘iga jo‘natilgan. U Tokiodagi uyida qolishi kerak va sud ruxsatisiz hattoki rafiqasi bilan ham uchrasha olmaydi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top