14:36 / 09.09.2019
0
5462

Tijorat banklari kapitaliga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish tartibi soddalashtirildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 sentyabrdagi 744-sonli qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra Bank faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Adliya vazirligi xabarida aytilishicha, endilikda norezidentlar yurtimiz tijorat banklarining 5 foizigacha bo‘lgan ulushini Markaziy bankning ruxsatisiz sotib olishi huquqiga ega bo‘ldilar.

Ushbu o‘zgartishlar investitsiya muhitini yaxshilash, mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shimcha kapital qo‘yilmalar kiritish imkoniyatlarini yaratish, shuningdek, byurokratik cheklovlarni bartaraf etishga xizmat qilishi aytiladi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda xorijiy investorlar respublika tijorat banklariga katta qiziqish bildirmoqda. Portfel investorlarining mavjudligi, shu jumladan korporativ boshqaruvni takomillashtirish orqali banklarning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.

Markaziy bank ma'lumotlariga ko‘ra, 2019 yil 1 avgust holatiga tijorat banklarining umumiy kapitali miqdori 30 trln. so‘mdan oshdi. Xalqaro ekspertlarning fikriga ko‘ra, aksiyalar sotib olish tartibini soddalashtirish bilan birga, bank tizimiga jalb etilishi mumkin bo‘lgan xorijiy investitsiyalar hajmi 5 trln. so‘mdan oshishi baholanmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top