23:02 / 10.09.2019
11
22788

JCh-2022 saralashi. D guruhida 2-tur yakunlandi, O‘zbekistondan boshqa barcha jamoada ochko bor

Osiyoda JCh-2022 2-raund saralash bosqichi guruh o‘yinlari davom etmoqda. 

O‘zbekiston milliy jamoasi D guruhidan o‘rin olganidan xabaringiz bor. Milliy jamoamiz dam olgan 2-turda Singapur Falastinni mag‘lubiyatga uchratdi. Yaman esa o‘z uyida Saudiya Arabistoni bilan jangovar durang qayd etdi.

Shu tariqa Singapur 4 ochko bilan birinchi, Falastin 3 ochko bilan ikkinchi, Yaman 2 ochko bilan uchinchi, Saudiya Arabistoni 1 ochko bilan to‘rtinchi, O‘zbekiston esa ochkosiz so‘nggi o‘rinda bormoqda.

D guruhi, 2-tur

Singapur – Falastin 2:1
Gollar: Shokir Hamza (4), Safuvan Baharuddin (39) – Yosir Hamid (13).

Yaman – Saudiya Arabistoni 2:2
Gollar: Muhsin Muhammad (8), Omar Al-Dahi (37) – Hattan Sulton (23) , Salim Al-Dovsari (48)

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top