17:40 / 10.09.2019
0
14857

Lavrov Tramp unga AQShning davlat sirlarini bermaganligini ma'lum qildi

Foto: Aleksandr SHCHerbak/TASS

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 2017 yilda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvida unga hech kim hech qanday davlat "yoki nodavlat" sirlarini bermaganligini aytdi.

Lavrov CNN telekanalining Tramp 2017 yil may oyida Lavro bilan uchrashuvida IShID terrorchilari bilan bog‘liq maxfiy ma'lumotni aytib qo‘ygani to‘g‘risidagi xabariga shu tarzda izoh berdi.

CNN telekanalining ta'kidlashicha, Trampning bu ishi tufayli Amerika maxsus xizmatlari Rossiyadan o‘zlarining qimmatli agentini olib chiqib ketishga majbur bo‘lgan.

Lavrov shuningdek, Amerika OAV josus deb atayotgan Oleg Smolenkov bilan tanish emasligini ta'kidladi.

"Uni hech qachon ko‘rmaganman, hech qachon uchrashmaganman, uning faoliyatini kuzatmaganman va mish-mishlarni izohlashni istamayman, bu inson bilan hech qachon muloqot qilmaganman", - dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri.

"Kommersant'" gazetasining ma'lumot berishicha, Oleg Smolenkov CNN aytayotgan o‘sha qimmatli agentdir. Nashrning yozishicha, Smolenkov ilgari Rossiya prezidenti ma'muriyatida ishlagan. U 2017 yilda oilasi bilan Chernogoriyaga dam olgani ketganidan so‘ng g‘oyib bo‘lgan.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Smolenkov prezident ma'muriyatida ishlaganini, bir necha yil avval ishdan bo‘shatilganini tasdiqladi.

2017 yil mayda Washington Post gazetasi Tramp Lavrov bilan uchrashuvi davomida IShID bilan bog‘liq "o‘ta maxfiy ma'lumot"ni oshkor qilganini yozgandi. Nashrning yozishicha, bu mazkur terrorchilik guruhi to‘g‘risida "muhim ma'lumotlar yetkazuvchining hayotini xavf ostiga qo‘ygan".

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top