17:19 / 11.09.2019
0
2555

Germaniyaning KfW banki O‘zbekistondagi maktab o‘quvchilarining moliyaviy savodxonligini oshirishni taklif qildi

Foto: Getty Images

Germaniyaning KfW banki O‘zbekiston kapital bozorini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirdi. Bu hamkorlik nafaqat kapital bozori, balki ta'lim sohasida ham bo‘ladi.

Nemis tomoni Germaniyadan mutaxassislar jalb etishni taklif qildi. Shuningdek, maktablarning yuqori sinflarida moliyaviy savodxonlik hamda KfW moliyalari bo‘yicha alohida fanlar kiritish imkoniyati muhokama qilindi.

KfW taraqqiyot banki – KfW Bankengruppe moliyaviy guruhi a'zosi bo‘lib, investitsiyalarni moliyalashtiradi. Shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlarda mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha tegishli maslahat xizmatlari ko‘rsatadi.

 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top