20:37 / 12.09.2019
0
16722

Messi: «Krishtianu meni kechki ovqatga taklif qilganmi? Muammosiz»

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduning kelajakda birga tushlik qilishga tayyorligi haqida aytgan gaplariga izoh berdi.

«Krishtianu meni kechki ovqatga taklif qilganmi? Muammosiz. Men doim Krishtianu bilan hech qanday muammolarim yo‘qligini va biz jamoadosh bo‘lmaganimiz sababli yaqin do‘st emasligimizni aytganman. Odatda biz marosimlarda uchrashamiz. Oxirgi marosimda biz ko‘proq suhbatlashdik va odatdagidan yaqinroq edik. 

Birgalikda kechki ovqat bo‘ladimi yoki yo‘qmi, bilmayman. Chunki turli mamlakatlarda yashayotganimiz va har birimizning turli majburiyatlarimiz borligini hisobga olsak, bu hali aniq emas. Agar bu sodir bo‘lganda ham hech qanday shaxsiy muammo yo‘q», – deya Messining so‘zlarini keltiradi Sport.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top