09:40 / 12.09.2019
2
10986

Sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatishda endi prezident bilan kelishish talab etilmaydi

Foto: panthermedia/vostock-photo

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Ba'zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonuniga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi:

63-moddaning (Sudyalarni saylash va tayinlash tartibi):

to‘rtinchi qismidagi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlarining sudyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining raislari va sudyalari O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tayinlanadi) «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan» degan so‘zlar chiqarib tashlandi;

beshinchi qismidagi (Harbiy sudlarning, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining raislari va sudyalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimdan ozod etiladi) «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda» degan so‘zlar chiqarib tashlandi;

72-modda (Sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish) ikkinchi qismining (Ushbu moddada nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda) to‘rtinchi xatboshisidagi (harbiy sudlar, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyasining, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari raisining va sudyasining vakolatlari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan) «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda» degan so‘zlar chiqarib tashlandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top