20:30 / 13.09.2019
2
7397

Jinoyat kodeksiga majburiy mehnat bo‘yicha 2ta modda kiritilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston Jinoyat kodeksi ikkita yangi modda bilan to‘ldiriladi. Unga binoan, majburiy mehnatga yo‘l qo‘yganlik va voyaga yetmaganlarni mehnatga jalb etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi. Bu haqda BvaMMV vaziri o‘rinbosari Nodirbek Yaqubov matbuot anjumanida ma'lum qildi.  

Kun.uz muxbirining xabar qilishicha, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga ikkita yangi modda kiritish bo‘yicha ishlar amalga oshirilgan. Qonun loyihasi barcha vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda, Vazirlar mahkamasiga topshirilgan. So‘ngra Oliy Majlisga kiritiladi. Unda majburiy mehnat uchun jinoiy javobgarlikni joriy qilish masalasi ko‘zda tutilgan. 

«Jinoyat kodeksiga ikkita yangi modda kiritish rejalashtirilmoqda. Birinchisida majburiy mehnat uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutiladi. Ikkinchisi voyaga yetmaganlarni mehnatga jalb qilishga doir bo‘ladi. Ya'ni, bu qonun loyihasi tasdiqlansa, kelgusida voyaga yetmaganlarni mehnatga jalb qilganlik bo‘yicha ham jinoiy javobgarlik kiritiladi», - dedi BvaMMV o‘rinbosari Nodirbek Yaqubov.  

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top