17:00 / 13.09.2019
1
14958

Toshkent - Andijon poyezdi elektr tarmog‘idagi nosozlik tufayli to‘xtab qoldi

Foto: O‘zA

Joriy yil 13 sentabr kuni soat 09:25da tashqi elektr tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik tufayli Toshkent – Andijon yo‘nalishida harakatlanayotgan №60-sonli yo‘lovchi poyezdi Angren vokzalida 50 daqiqa to‘xtab qolgan.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabarida aytilishicha, ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli yuzaga kelgan nosozlik bartaraf qilinib, temir yo‘lga yetkazib berilayotgan energiya ta'minoti tiklangan. Ayni daqiqada elektropoyezdlarning muntazam harakati yo‘lga qo‘yilgan.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» ma'muriyati yuzaga kelgan noqulaylik tufayli yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning 27 avgust kuni Toshkentdan Qamchiq dovoni orqali Andijonga birinchi yo‘lovchi poyezdi yetib borgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top